APLda 1-tur yakunlandi. Turnir jadvali (foto)
Фото: Getty Images
Angliya Premyer-ligasida yangi mavsum start oldi.
Mavsumning ilk bahsida amaldagi chempion “Liverpul” o‘z maydonida “Bornmut”ni qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
“Manchester Siti” esa safarda “Vulverhempton”ni tor-mor etdi, - 4:0. Eʼtiborlisi shundaki, uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husonov zaxiradan maydonga tushdi.
Turning markaziy bahsida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Arsenal”ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yagona gol Rikardo Kalafiori hisobiga yozildi.
“Tottenxem” yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Chelsi” yaqinda Angliya superkubogi sohibiga aylangan “Kristal Pelas”ni yenga olmadi, - 0:0.
Turnir jadvali bilan tanishing:

Alan Shirerning talqiniga ko‘ra, 1-turning ramziy jamoasi

Bahrom Bobonov
Redaktor