locale OZ

APL. «Tottenxem» - «MYu» uchrashuvida jangovar durang qayd etildi

Uchrashuvda jami 4ta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Tottenxem»  - «MYu» uchrashuvida jangovar durang qayd etildi
ФОТО: Getty images

APLning 11-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. Markaziy bahsda 2:2 hisobida durang qayd etildi.

Dastlab mehmonlar futbolchisi Mbeumo 32-daqiqada hisobni ochdi. O‘yin asosiy vaqti yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida esa "shporlar" a’zosi Tel gol urib, hisobni tenglashtirdi. 90+1-daqiqada uzoqdan berilgan zarba Risharlisonning boshiga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi.

Biroq 90+6-daqiqada De Ligt burchakdan uzatilgan to‘pni golga aylantirib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Bu natijadan so‘ng “shporlar”ning hisobidagi ochkolar 18 taga yetdi va 3-o‘rinda bormoqda. “MYu” esa 18 ochko bilan 7-pog‘onaga ko‘tarildi.

APL. 11-tur
Tottenxem – MYu 2:2
Gollar: Tel 84, Risharlison 90+1 – Mbeumo 32, De Ligt 90+6

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting