locale OZ

APL. «Tottenhem» so‘nggi daqiqalarda gol urib, «Nyukasl» bilan durang qayd etdi

Bellashuvda jami 4 ta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. "Tottenhem" so‘nggi daqiqalarda gol urib, "Nyukasl" bilan durang qayd etdi
ФОТО: Getty images

"Nyukasl" Angliya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan "Tottenhem"ga qarshi bahsda durang qayd etdi - 2:2.

Birinchi bo‘limda gol urilmadi. Uchrashuvning 71-daqiqasida "qarğalar" yarim himoyachisi Bruno Gimaraens hisobni ochdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, mehmonlar javob to‘pini kiritishdi – himoyachi Kristian Romero gol urdi. O‘yin asosiy vaqti yakunida "shporlar" darvozasiga penalti belgilandi, uni Antoni Gordon golga aylantirdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Romero dubl qayd etdi va londonliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu tariqa, "Tottenhem" ochkolarini 19 taga yetkazib, 11-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, "Nyukasl" qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha "shporlar"dan ortda qolib, 13-pog‘onaga joylashgan.

APL. 14-tur

Nyukasl - Tottenhem - 2:2

Gollar: Gimaraens, 71 (1:0). Romero, 78 (1:1). Gordon, 86 - penaltidan (2:1). Romero, 90+5 (2:2)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting