APL. «Tottenhem» safarda «Brentford» bilan durang oʻynadi
Angliya chempionatining 19-tur oʻyinlari davom ettirildi.
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
01.01.2026, Yak.
Brentford
0
Tottenhem
0
Angliya Premer-ligasining 19-turi doirasida «Brentford» va «Tottenhem» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘yin 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Uchrashuv davomida jamoalar darvozasiga gol kirita olmadi.
Mazkur natijadan so‘ng «Tottenhem» Angliya chempionati turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 19 ta uchrashuvdan so‘ng 26 ochko jamg‘argan. «Brentford» esa 27 ochko bilan to‘qqizinchi pog‘onada joylashgan. Turnir jadvalida peshqadamlikni 45 ochkoga ega «Arsenal» saqlab qolmoqda.
Keyingi turda «Brentford» 4 yanvar kuni «Everton»ga qarshi maydonga tushadi. «Tottenhem» esa shu kuni «Sanderlend» bilan kuch sinashadi.
APL. 19-tur
«Tottenhem» — «Brentford» 0:0
Nasrullo Karimov
Jurnalist