locale OZ

APL. «Tottenhem» oʻz maydonida «Nottingem Forest»ga yirik hisobda magʻlub boʻldi

Hozirda «shporlar» turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Tottenhem» oʻz maydonida «Nottingem Forest»ga yirik hisobda magʻlub boʻldi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 31-turi doirasida «Tottenhem» hamda «Nottingem Forest» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Ushbu bahsda mehmonlar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 45-daqiqasida Igor Jezus hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 62-daqiqada Morgan Gibbs-Uayt jamoasining ustunligini mustahkamlagan bo‘lsa, 87-daqiqada Tayvo Avoniyi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Tottenhem» 30 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalining 17-pog‘onasida qolmoqda. «Nottingem Forest» esa ochkolari sonini 32 taga yetkazib, 16-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Navbatdagi turda «shporlar» 12 aprel kuni safarda «Sanderlend» mehmoni bo‘lishadi. «O‘rmonchilar» esa shu kuni o‘z maydonlarida «Aston Villa»ni qabul qiladilar.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting