locale OZ

APL. «Tottenhem» — «Man Siti». Asosiy tarkiblar eʼlon qilindi

Abduqodir Husanov bellashuvni boshlangʻich tarkibda boshlaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Tottenhem» — «Man Siti». Asosiy tarkiblar eʼlon qilindi
FOTO: Getty Images

Bugun, 1 fevral kuni Angliya Premyer-ligasining 24-turi doirasida turning markaziy o‘yinlaridan biri bo‘lib o‘tadi. Unda «Tottenhem» oʻz maydonida «Manchester Siti»ni qabul qiladi.

Uchrashuvni Robert Jons boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.

O‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun quvonarli jihati shundaki, «shaharliklar» himoyachisi Abduqodir Husanov ushbu muhim bahsni asosiy tarkibda boshlaydigan bo‘ldi.

«Tottenhem»: Vikario, Dregushin, Palinya, Simons, Bissuma, Udodji, Grey, Romero, Solanke, Gallaher, Kolo Muani.

«Manchester Siti»: Donnarumma, Nunes, Husanov, Gehi, Ait-Nuri, Rodri, Silva, O’Rayli, Semenyo, Sherki, Holand.

Ayni damda «shporlar» 23 turdan so‘ng 28 ochko bilan turnir jadvalining 14-pog‘onasida bormoqda. Pep Gvardiola shogirdlari esa 46 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Arsenal»ni quvishda davom etmoqda.

Kelasi turda «Tottenhem»ni «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs kutayotgan bo‘lsa, «Manchester Siti» o‘z maydonida prinsipial raqibi «Liverpul»ni qabul qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting