APL sobiq futbolchisi intim kontent uchun modelga pul to‘lagani aytilmoqda
Angliya Premyer-ligasida to‘p surgan irlandiyalik sobiq himoyachi Sheyn Daffi OnlyFans modeli Kelli Bleyk bilan bog‘liq voqea sabab Britaniya OAV e’tiboriga tushdi. Modelning aytishicha, futbolchi besh soatlik videoqo‘ng‘iroq davomida undan intim kontent namoyish etishni so‘ragan va buning uchun jami 1100 funt sterling to‘lagan. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Bleyk 25-avgust kuni bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Daffidan uchta alohida to‘lov — 300, 200 va 600 funt olganini ma’lum qilgan. Model futbolchi undan kiyimini almashtirish va qo‘shimcha videolar yuborishni ham so‘raganini, keyinchalik esa Irlandiyada shaxsan uchrashishni taklif qilganini ta’kidlagan.
Daffi esa voqea yuzasidan tarqalgan ayrim ma’lumotlarga qo‘shilmasligini bildirgan. Futbolchi ayrim da’volarni noto‘g‘ri yoki bo‘rttirilgan deb hisoblashini aytgan va Bleyk bilan hech qachon romantik munosabatda bo‘lmaganini, ular faqat do‘st bo‘lganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Sheyn Daffi faoliyati davomida “Brayton”, “Fulhem”, “Seltik” va “Norvich” kabi klublarda to‘p surgan. U Irlandiya terma jamoasi safida ham uzoq yillar harakat qilgan.