locale OZ

APL. «Siti» «Kristal Pelas»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Holand dublga erishdi, Husonov zaxirada qoldirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. “Siti” “Kristal Pelas”ni yirik hisobda mag‘lub etdi
ФОТО: Getty images

Angliya Premyer-ligasi 16-turida “Manchester Siti” safarda “Kristal Pelas”ni yirik hisobda mag‘lub etdi.

Londondagi bahsda “shaharliklar” 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Erling Holand 41-daqiqada gol urib, hisobni ochdi. 69-daqiqada esa Fil Foden uzoq masofadan chiroyli gol kiritdi. Bellashuvning 89-daqiqasida esa Holand penalti orqali aniq zarba yo‘llab, dublni rasmiylashtirdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husonov ushbu bahsda zaxirada qoldi.

Shunday qilib, Xosep Gvardiola shogirdlarining jamg‘argan ochkolari soni 36 taga yetdi va "shaharliklar" turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

APL. 16-tur. 14 dekabr
Kristal Pelas — Manchester Siti 0:3
Gollar: Holand (41, 88 penalti), Foden (69).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting