APL. «Nyukasl» safarda yana ochko yo‘qotdi
APLda 5-tur uchrashuvlari davom etadi.
ФОТО: Getty images
Angliya chempionatida 5-tur bahslari davom etmoqda.
“Nyukasl” safarda “Bornmut”ga qarshi to‘qnash kelib, durang qayd etdi.
Har ikkala jamoada ham gol urish uchun bir qator vaziyatlar yaratilganiga qaramay, hisob ochilmadi — 0:0.
Ushbu natijadan so‘ng “qarğalar” ochkolari sonini 6 taga yetkazib, 13-o‘rinda bormoqda. “Bornmut” esa 10 ochko jamg‘argan holda 3-pog‘onada.
APL. 5-tur
“Bornmut” 0:0 “Nyukasl”
Bornmut — Petrovich, Ximenes (Hill, 46), Diakite, Senesi, Truffer, Adams, Skott (Kristi, 63), Semenyo, Tavernier (Adli, 75), Bruks (Klyuyvert, 63), Evanilson.
Nyukasl — Poup, Tiau (Lasseles, 84), Botman, Bern, Livramento, Uillok (Barns, 62), Mayli, Tonali, Xoll, Merfi (Elanga, 62), Voltemade (Osula, 84).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist