APL. «Nyukasl» safarda «Vest Hem»ga imkoniyatni boy berdi
Angliya Premyer-ligasining 10-turidan oʻrin olgan bahsda «Vest Hem» oʻz maydonida «Nyukasl»ni qabul qilib, 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab mehmonlar Yakob Myerfining 4-daqiqada urgan goli evaziga oldinga chiqib oldi. 35-daqiqada esa Lukas Paketa hisobni tenglashtirdi.
Birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Sven Botman kutilmaganda oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi. 90+7-daqiqada Tomas Souchek uchrashuvga mantiqiy nuqta qoʻydi.
Shu tariqa, «Vest Hem» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 7 taga yetkazib, 18-o‘ringa koʻtarilib oldi. «Nyukasl» esa 12 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
APL. 10-tur
«Vest Hem» — «Nyukasl» 3:1
Gollar: Paketa (35), Botman (avtogol, 45+5), Souchek (90+7) — Myerfi (4).
Vest Hem — Areolya, Van-Bissaka, Todibo, Kilman, Diuf, Potts, Paketa, Bouen, Fernandesh (Igor, 85), Sammervill (Uoker-Peters, 79), Uilson (Souchek, 61).
Nyukasl — Poup, Kraft (Sher, 46), Tiau, Botman (Barns, 65), Bern, Gimaraes, Tonali, Joelinton, Myerfi (Elanga, 77), Voltemade (Osula, 46), Gordon (Remzi, 46).