locale OZ

APL. «Nyukasl» oʻn kishi boʻlib «MYU»ni magʻlub etdi

Uchrashuvdagi hal qiluvchi gol soʻnggi daqiqada urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Nyukasl» oʻn kishi boʻlib «MYU»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 29-turidan o‘rin olgan «Nyukasl» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi bahs boʻlib oʻtdi. «Sent-Jeyms Park» stadionida o‘tgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

O‘yinning birinchi bo‘limi dramatik voqealarga boy bo‘ldi. 45+1-daqiqada «Nyukasl» a’zosi Jeykob Remsi ikkinchi sariq kartochka tufayli maydonni tark etdi. Shunga qaramay, 45+6-daqiqada Entoni Gordon penaltini aniq amalga oshirib, «zag‘izg‘onlar»ni oldinga olib chiqdi. «Manchester Yunayted» tanaffusgacha hisobni tenglashtirishga ulgurdi — 45+9-daqiqada Kazemiro gol muallifiga aylandi.

Bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, «Nyukasl» ikkinchi bo‘limda g‘alabani ilib ketdi. 90-daqiqada Uilyam Osula raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng «Nyukasl» 39 ochko bilan turnir jadvalida 12-o‘ringa ko‘tarildi. «Manchester Yunayted» esa 51 ochko bilan hamon 3-pog‘onani egallab turibdi.

Keyingi turda «Nyukasl» 14 mart kuni safarda «Chelsi»ga qarshi o‘ynasa, «qizil iblislar» 15 mart kuni o‘z maydonida «Aston Villa»ni qabul qiladi.

APL. 29-tur

«Nyukasl» — «Man Yunayted» 2:1

Gollar: Gordon (45+6), Osula (90) — Kazemiro (45+9).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting