locale OZ

APL. \"Nyukasl\" \"Kristal Pels\"ni yirik hisobda mag'lub etib, 3-o'ringa ko'tarilib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. "Nyukasl" "Kristal Pels"ni yirik hisobda mag'lub etib, 3-o'ringa ko'tarilib oldi
Photo: Getty Images

Angliya Premyer-ligasi 29-turining qoldirilgan bahsida “Nyukasl” o'z maydonida “Kristal Pels”ni yirik hisobda mag'lub etdi.

O'yinda Jeykob Myorfi, Xarvi Barns, Fabian Sher va Aleksandr Isak o'z nomini tabloya yozdirib qo'ydi. Mehmonlar himoyachisi Mark Gexi o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi.

Shunday qilib, "Nyukasl" 59 ochko bilan APL turnir jadvalida "Nottingem Forest"ni (57) ortda qoldirib, uchinchi o'ringa ko'tarildi. "Kristal Pels" 43 ochko bilan 12-pog'onada bormoqda.

APL. 29-tur (qoldirilgan uchrashuv)

“Nyukasl” 5:0 “Kristal Pels”

Gollar: Jeykob Myorfi 14, Mark Gexi 38 (avtogol), Xarvi Barns 45, Fabian Sher 45, Aleksandr Isak 58.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting