locale OZ

APL. \"Nottingem\" Londonda g'alaba qozonib, 3-o'ringa qaytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. "Nottingem" Londonda g'alaba qozonib, 3-o'ringa qaytdi
Photo: Getty Images

Angliya chempionatining 33-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvda “Tottenhem” o'z maydonida “Nottingem Forest"ga yutqazib qo'ydi.

Dastlab 5-daqiqada Anderson hisobni ochdi, - 0:1. Oradan ko'p vaqt o'tmay Vud “o'rmonchilar”ning ikkinchi golini urdi, - 0:2. 87-daqiqada esa Risharlison “taqachilar” safidagi yagona golga mualliflik qildi. - 1:2.

Bu g'alabadan so'ng “Nottingem” ochkolari sonini 60 taga yetkazib, 3-o'ringa ko'tarildi. “Tottenhem” esa 37 ochko to'plagan holda 16-o'rinda bormoqda.

APL. 33-tur

“Tottenhem” 1:2 “Nottingem Forest”

Gollar: Anderson 5 (0:1), Vud 16 (0:2), Risharlison 87 (1:2).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting