locale OZ

APL. «Nottingem Forest» Gibbs-Uaytning xet-triki evaziga «Byornli»ni magʻlub etdi

Hozirda «o‘rmonchilar» turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Nottingem Forest» Gibbs-Uaytning xet-triki evaziga «Byornli»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 33-turi doirasida «Nottingem Forest» va «Byornli» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Nottingemdagi «Siti Graund» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «o‘rmonchilar» 4:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 45+2-daqiqasida Zian Flemming mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq ikkinchi bo‘limda Morgan Gibbs-Uayt haqiqiy shou ko‘rsatdi: u 62-daqiqada muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 69 va 77-daqiqalarda raqib darvozasini yana ikki bor ishg‘ol qilib, xet-trik qayd etdi. O‘yinga qo‘shib berilgan 90+8-daqiqada esa Igor Jezus mezbonlarning to‘rtinchi goliga mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Nottingem Forest» 36 ochko bilan turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. «Byornli» esa 20 ochko bilan 19-pog‘onadan joy olgan.

Navbatdagi turda, 24 aprel kuni «Nottingem Forest» safarda «Sanderlend» bilan kuch sinashsa, «Byornli» 22 aprel kuni o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting