APL. «MYu» so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketdi
Фото: Getty Images
Angliya chempionatida 3-tur bahslari davom etmoqda.
"Manchester Yunayted" 3-turda ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Jamoa o‘z maydonida "Byornli"ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Josh Kallen (27, avtogol), Brayen Mbeumo (57) va Bruno Fernandes (penalti, 90+6-daqiqada) mezbonlarning gollariga mualliflik qilgan bo‘lsa, Layl Foster (55) va Jeydon Entoni (66) mehmonlarning javob to‘plarini kiritdi.
"Byornli" 3 ochko bilan 11-o‘rinda. "Manchester Yunayted" 4 ochko bilan 9-pog‘onada.
APL. 3-tur
MYu — Byornli 3:2
Gollar: Kallen 27 (avt), Mbeumo 57, Fernandes 90+7 (pen) — Foster 55, Entoni 66.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist