locale OZ

APL. «MYU» safarda «Vulverhempton»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Bu g‘alaba orqali “qizil iblislar” ochkolar sonini 25 taga yetkazib olib, 6-o‘ringa ko‘tarildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «MYU» safarda «Vulverhempton»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
ФОТО: Getty images

Angliya Premer-ligasi 15-turining so‘nggi bahsida Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" safarda "Vulverhempton" bilan kuch sinashib, 4:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida Bruno Fernandesh manchesterliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunlanayotganda esa Jan-Rikner Belgard oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Brayen Mbeumo "qizil iblislar"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Brunoning super uzatmasini Mount golga aylantirib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. 82-daqiqaga kelib Fernandesh 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi va o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Bu g‘alaba orqali “qizil iblislar” ochkolar sonini 25 taga yetkazib olib, 6-o‘ringa ko‘tarildi.

APL. 15-tur
Vulverhempton — Manchester Yunayted 1:4
Gollar: Belgard 45+2 – Fernandesh 25, 82 pen, Mbeumo 51, Mount 63

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting