APL. «MYu» safarda kambek evaziga g'alaba qozondi
Mankunianliklar turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarildi.
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi 13-turida “Manchester Yunayted” safarda “Kristal Pelas”ga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuv 2:1 hisobida “qizil iblislar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab Mateta penaltidan hisobni ochdi. Keyinchalik Zirkzee va Maunt gollar urib, mankunianliklarga uch ochko keltirdi.
Natijada Ruben Amorim jamoasi ochkolari sonini 21 taga yetkazdi va ular turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Keyingi tur uchrashuvini “MYu” o‘z maydonida “Vest Xem"ga qarshi o‘tkazadi.
APL. 13-tur
“Kristal Pelas” 1:2 “Manchester Yunayted”
Gollar: Mateta 36 pen – Zirkzee 54, Mount 63
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist