locale OZ

APL. «MYU» oʻz maydonida «Vulverxempton» bilan durang oʻynadi

Mankunianliklarning soʻnggi daqiqalarda urgan gʻalaba goli hisobga olinmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «MYU» oʻz maydonida «Vulverxempton» bilan durang oʻynadi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
30.12.2025, Yak.
Manchester Yunayted
1
Vulverempton
1

Angliya Premer-ligasining 19-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» — «Vulverhempton» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. «Old Trafford»da kechgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Mezbonlar safidagi hujumchi Joshua Zirkze 27-daqiqada hisobni ochib, «qizil iblislar»ni oldinga olib chiqdi. Biroq birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida, 45-daqiqada Ladislav Kreychi mehmonlar safida javob golini kiritib, muvozanatni tikladi.

Bahsning qo‘shimcha vaqtida, aniqrog‘i 90+1-daqiqada Patrik Dorgu «Manchester Yunayted»ga g‘alaba keltirishi mumkin edi, ammo VAR tizimi ko‘rib chiqilgach, gol bekor qilindi.

Mazkur durangdan so‘ng «Manchester Yunayted» 30 ochko bilan APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda. «Vulverhempton» esa atigi 3 ochko jamg‘argan holda 20-o‘rin — turnir jadvalining eng quyi pog‘onasida qolmoqda.

APL. 19-tur

«Man. Yunayted» — «Vulverxempton» 1:1

Gollar: Zirkze (27) — Dorgu (90+1).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting