locale OZ

APL. MYU o'z maydonida Lidsga yutqazdi

Old Traffordda 45 yildan beri kuzatilmagan hodisa ro'y berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. MYU o'z maydonida Lidsga yutqazdi
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" APL 32-turi doirasida o'z maydonida "Lids"ga imkoniyatni boy berdi — 1:2.

Mehmonlar safida Noa Okafor dubl qayd etdi. Shveytsariyalik futbolchi 5 va 29-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi.

56-daqiqada Lisandro Martines chetlatilgach, mankunianliklar bir kishi kam bo'lib qolishdi. Bir kishi kam bo'lib o'ynashiga qaramay, MYU bitta javob to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi — 69-daqiqada Kazemiro o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

Hozirda "Manchester Yunayted" 55 ochko bilan APLda uchinchi o'rinni egallab turibdi. "Lids" esa Angliya chempionatidagi olti o'yinlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi va turnir jadvalida 15-o'ringa ko'tarilib oldi.

Manchester Yunayted – Lids 1:2
Gollar: Kazemiro (69) – Okafor (5, 29).
Manchester Yunayted: Lammens, Mazraviy (Dalot, 70), Yoro, Martines, Shou, Kazemiro, Ugarte, Fernandesh, Amad (Mbeumo, 70), Kunya, Sheshko.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting