APL. «MYU» oʻz maydonida «Brentford»ni qiyinchilik bilan magʻlub etdi
Angliya Premyer-ligasining 34-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» va «Brentford» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Mazkur bahsda «qizil iblislar» 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘yinning 11-daqiqasida Kazemiro hisobni ochib, mankunianliklarni oldinga olib chiqdi. 43-daqiqada esa Benyamin Sheshko jamoasining ustunligini ikkitaga oshirdi. «Brentford» futbolchisi Matias Yensen 87-daqiqada oradagi farqni bittaga qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Yunayted» 61 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «Brentford» esa 48 ochko bilan to‘qqizinchi pog‘onadan joy olgan.
Navbatdagi turda «qizil iblislar» 3 may kuni o‘z maydonlarida «Liverpul»ni qabul qilishadi, «arilar» esa 2 may kuni uyda «Vest Xem Yunayted»ga qarshi bahs olib borishadi.