APL. «MYu» liga debyutantini mag'lub etdi
Mankunianliklar turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarildi.
ФОТО: Getty images
Angliya chempionatida 7-tur bahslari davom etmoqda.
Manchester Yunayted o‘z maydonida "Sanderlend"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Dastlab, Mason Maunt 8-daqiqada hisobni ochdi. 31-daqiqada esa Benjamin Sheshko ikkinchi gol muallifi bo‘ldi. Natijada Ruben Amorimning iste'fosi ortga surildi.
Mazkur natijadan so‘ng "qizil iblislar" 10 ochko bilan 8-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. "Qora mushuklar" esa 11 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinda bormoqda.
APL. 7-tur
Manchester Yunayted — Sanderlend 2:0
Gollar: Maunt 8, Sheshko 31.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist