locale OZ

APL. «MYU» «Kristal Pelas»ni magʻlub etib, 3-o‘ringa koʻtarildi

Mankunianliklar oʻn daqiqa ichida kambek amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «MYU» «Kristal Pelas»ni magʻlub etib, 3-o‘ringa koʻtarildi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 28-turi doirasida «Manchester Yunayted» hamda «Kristal Pelas» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. «Old Trafford» mezbonlik qilgan bahsda «qizil iblislar» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 4-daqiqasida Maksans Lakrua mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, 56-daqiqada aynan ushbu futbolchi qizil kartochka olib, maydonni tark etdi va jamoasini kamchilikda qoldirdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Brunu Fernandesh penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. 65-daqiqada esa Benyamin Sheshko g‘alaba golini kiritib, mezbonlarga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Yunayted» 51 ochko bilan APL turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. «Kristal Pelas» esa 35 ochko bilan 14-pog‘onadan joy olgan.

APL. 28-tur

«Manchester Yunayted» — «Kristal Pelas» 2:1

Gollar: Fernandesh (57), Sheshko (65) — Lakrua (4).

Chetlatish: Lakrua (56).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting