locale OZ

APL. MYU bir kishi kam bo'lib qolgan Tottenxemni ishonchli hisobda mag'lub etdi

Kerrik boshchiligidagi jamoa 4-o'yinda g'alaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. MYU bir kishi kam bo'lib qolgan Tottenxemni ishonchli hisobda mag'lub etdi
ФОТО: Getty images

Angliya Premer-ligasi 25-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” — “Tottenxem” uchrashuvi “qizil iblislar” foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi. Bellashuvdagi gollarga Brayen Mbeumo (38) va Brunu Fernandesh (80) mualliflik qilishdi.

O‘yinning 29-daqiqasida “shporlar” sardori Kristian Romero qizil kartochka oldi.

"MYU" Maykl Kerrik boshqaruvida ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. "Qizil iblislar" 44 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda turibdi. "Shporlar" esa 29 ochko bilan jadvalning 14-pog‘onasidan joy olgan.

APL. 25-tur

Manchester Yunayted - Tottenxem - 2:0

Gollar: Mbeumo, 38 (1:0). Brunu Fernandesh, 81 (2:0).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting