locale OZ

APL. «MYU» beshta gol urilgan oʻyinda «Liverpul»ni magʻlub etdi

Mankunianliklar YChL yoʻllanmasini deyarli naqd qilishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «MYU» beshta gol urilgan oʻyinda «Liverpul»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 35-turi doirasida markaziy uchrashuv yakunlandi. Manchesterdagi «Old Trafford» stadionida bo‘lib o‘tgan «Manchester Yunayted» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi bahsda «qizil iblislar» 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Darren Ingland bosh hakamlik qilgan o‘yin gollarga boy va shiddatli kechdi.

Uchrashuv mankunianliklarning katta ustunligi bilan boshlandi. Oltinchi daqiqadayoq Mateus Kunya hisobni ochib, mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 14-daqiqada Benyamin Sheshko «Liverpul» darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol qildi. Biroq mersisaydliklar ikkinchi bo‘limda o‘yinga qayta olishdi: 47-daqiqada Dominik Soboslay farqni qisqartirdi, 56-daqiqada esa Kodi Gakpo muvozanatni tikladi. O‘yinning hal qiluvchi goli 77-daqiqada yosh iqtidor egasi Kobbi Maynu tomonidan kiritildi va u jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng «Manchester Yunayted» ochkolarini 64 taga yetkazib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni mustahkamlab oldi. «Liverpul» esa 58 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada qolmoqda.

Navbatdagi turda «Manchester Yunayted» 9 may kuni safarda «Sanderlend» mehmoni bo‘ladi. «Liverpul» esa aynan shu kuni o‘z maydonida Londonning «Chelsi» klubini qabul qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting