APL muxlislarining 76 foizi VARni bekor qilinishini qoʻllab-quvvatlamoqda
Angliya va Uelsdagi futbol ishqibozlari manfaatlarini himoya qiluvchi Futbol muxlislari assotsiatsiyasi (FSA) o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning 76 foizi VAR tizimidan voz kechishni yoqlab chiqdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Tadqiqot doirasida Premyer-liga klublari muxlislariga VAR tizimidan foydalanish bo‘yicha umumiy taassurotlar, tizim ishidagi turli o‘zgarishlar va videoassistentlar vakolatlarining kengaytirilishiga munosabat haqidagi 15 ta savolga javob berish taklif etildi. Muxlislar VAR ishi tezlashayotganiga yoki aniqroq bo‘layotganiga ishonishmaydi. O‘yinlarga muntazam tashrif buyuradigan ishqibozlarning bor-yo‘g‘i 3,4 foizi VAR futbol rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionatining 31-turidan so‘ng turnir jadvalida 70 ochko jamg‘argan «Arsenal» peshqadamlik qilmoqda.