locale OZ

APL. «Manchester Yunayted» «Vest Xem» bilan durang qayd etdi

Tomonlar ochkolarni bo‘lishib olishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. "Manchester Yunayted" "Vest Xem" bilan durang qayd etdi
ФОТО: Getty images

Angliya Premer-ligasining 14-turidan o‘rin olgan bahsda "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Vest Xem"ni qabul qildi. "Old Trafford"dagi uchrashuvda jamoalar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.

Uchrashuvda birinchi hisobni mankunianliklar ochdi: 58-daqiqada Diogu Dalo aniq zarba yo‘llab, jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq 83-daqiqada mehmonlar xavfli hujumni amalga oshirib, Sungutu Magassa hisobni tenglashtirdi.

Bu natijadan so‘ng "Manchester Yunayted" 22 ochko bilan turnir jadvalida 8-o‘rinda qolmoqda. "Vest Xem" esa vaziyatni yaxshilay olmadi — 12 ochko to‘plagan holda 18-o‘rinda.

Angliya — Premer-liga, 14-tur
Manchester Yunayted — Vest Xem — 1:1
Gollar: 1:0 — Dalo, 58', 1:1 — Magassa, 83'

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting