locale OZ

APL. «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Tottenhem»ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi

Londonliklar birinchi boʻlimda bir kishi kam boʻlib qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Tottenhem»ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 25-turi doirasida «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Manchesterdagi «Old Trafford» stadionida kechgan bahsda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida «Tottenhem» himoyachisi Kristian Romero mankunianliklar yarimhimoyachisi Kazemiroga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Son jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan «Manchester Yunayted» 38-daqiqada hisobni ochdi — hujumchi Brayan Mbemo raqib darvozasini ishg‘ol qildi. O‘yinning 81-daqiqasida esa Brunu Fernandesh jamoasining ikkinchi golini urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

«Manchester Yunayted» o‘z ochkolari sonini 44 taga yetkazib, APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Tottenhem» esa 29 ochko bilan jadvalning 14-pog‘onasida qolmoqda.

APL. 25-tur

«MYU» — «Tottenhem» 2:0

Gollar: Mbemo (38), Fernandesh (81).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting