locale OZ

APL. \"Manchester Siti\" so'nggi daqiqalarda gol urib, g'alaba qozondi. Husonov yana zaxirada qoldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. "Manchester Siti" so'nggi daqiqalarda gol urib, g'alaba qozondi. Husonov yana zaxirada qoldi
Photo: Getty Images

Angliya Premer-ligasi 34-turida “Manchester Siti” o'z maydonida “Aston Villa” bilan kuch sinashdi.

O'yinda “shaharliklar” tezkor gol urishdi. Bernardu Silva gol muallifiga aylandi. Ko'p vaqt o'tmay Markus Reshford penaltidan hisobni tenglashtirdi. Ammo 90+4-daqiqada Dokuning uzatmasidan so'ng Mateus Nunes g'alaba to'pini kiritib, “Siti”ga uch ochko keltirdi, - 2:1.

Ushbu g'alabadan so'ng “Manchester Siti” ochkolari sonini 61 taga yetkazib, 3-o'ringa ko'tarildi. “Aston Villa” esa 57 ochko bilan 7-o'rinda qoldi.

APL. 34-tur

“Manchester Siti” 2:1 “Aston Villa”

Gollar: Bernardu Silva 7 (1:0), Reshford 18 pen (1:1), Mateus Nunes 90+4 (2:1)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting