APL. «Manchester Siti» safarda g‘alaba qozondi. Abduqodir Husonov maydonga tushmadi
Abduqodir Husonov zaxirada qoldirildi.
ФОТО: Getty images
Angliya Premer Ligasi 18-turidan o‘rin olgan “Nottingem Forest” hamda “Manchester Siti” o‘rtasidagi bellashuv 27 dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Nottingemdagi “Siti Ground” stadionida kechgan bahsda “shaharliklar” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Manchester Siti” Angliya Premer Ligasi onlayn turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Hozirda Pep Gvardiola jamoasi hisobida 40 ochko mavjud. Mag‘lubiyatga uchragan “Nottingem Forest” esa 18 ochko bilan 17-o‘rinni egallab turibdi.
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husonov zaxirada qoldirildi.
Angliya Premer Ligasi
18-tur
“Nottingem Forest” — “Manchester Siti” 1:2
Gollar: 0:1 — Reynders (48), 1:1 — Hatchinson (54), 1:2 — Sherki (83)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist