APL. «Manchester Siti» Londonda «Chelsi»ni tor-mor etdi, Husanov to‘liq o‘ynadi
“Manchester Siti” Angliya chempionatining 32-turi doirasida kechgan bahsda “Chelsi” ustidan 3:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlab 51-daqiqasida Nikko O'Rayli hisobni ochdi. 57-daqiqada Mark Gehi “shaharliklar”ning ustunligini oshirgan bo‘lsa, 68-daqiqada Jeremi Doku mezbonlar darvozasiga uchinchi golni urdi. Ryan Sherki ushbu o‘yinda ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Bu bellashuvda Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Shu tariqa, “Manchester Siti” 64 ochko bilan APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. “Chelsi” esa 48 ochko bilan Angliya chempionatida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
APL. 32-tur
“Chelsi” — “Manchester Siti” — 0:3
Gollar: Mett O'Rayli 51 (0:1), Mark Gehi 57 (0:2), Jeremi Doku 68 (0:3).