locale OZ

APL. «Man Siti» safarda «Vest Hem» bilan durang oʻynadi

Abduqodir Husanov toʻliq maydonda harakat qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Man Siti» safarda «Vest Hem» bilan durang oʻynadi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 30-turidan o‘rin olgan «Vest Hem» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Ushbu bahsda tomonlar 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etishdi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida mehmonlar safida Bernardu Silva hisobni ochgan bo‘lsa, oradan to‘rt daqiqa o‘tib, 35-daqiqada Konstantinoss Mavropanos muvozanatni tikladi.

Mazkur o‘yindan so‘ng, «Vest Hem» 29 ochko bilan turnir jadvalining 17-pog‘onasida bormoqda, «Manchester Siti» esa 61 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Navbatdagi tur doirasida «Vest Hem» 22 mart kuni safarda «Aston Villa» bilan kuch sinashsa, «Manchester Siti» shu kuni Liga kubogi finalida «Arsenal» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

APL. 30-tur

«Vest Hem» — «Man Siti» 1:1

Gollar: Mavropanos (35) — Bernardu (31).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting