locale OZ

APL. «Man Siti» safarda «Lids»ni minimal hisobda magʻlub etdi, Husanov zaxirada qoldirildi

Angliya Premyer-ligasining 28-tur oʻyinlari start oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Man Siti» safarda «Lids»ni minimal hisobda magʻlub etdi, Husanov zaxirada qoldirildi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 28-turidan o‘rin olgan «Lids Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Lidsdagi «Elland Roud» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «shaharliklar» 1:0 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yindagi yagona gol birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda (45+2-daqiqa) Antuan Semenyo tomonidan kiritildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Siti» o‘z ochkolari sonini 59 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Lids Yunayted» esa 31 ochko bilan 15-pog‘onani egallab turibdi.

APL. 28-tur

«Lids Yunayted» — «Manchester Siti» 0:1

Gol: Semenyo (45+2).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting