APL. «Man Siti» safarda «Arsenal»ni magʻlub etib, oradagi farqni ikki ochkogacha qisqartirdi
Angliya Premyer-ligasining 33-turi doirasidagi markaziy bahs — «Manchester Siti» va «Arsenal» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Manchesterdagi «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «shaharliklar» 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘yinning 16-daqiqasida Rayan Sherki hisobni ochib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq oradan ikki daqiqa o‘tib, 18-daqiqada Kay Xaverts Janluiji Donnarummaning qoʻpol xatosidan unumli foydalandi va muvozanatni tikladi.
65-daqiqada Erling Holand «Siti»ning ikkinchi golini urdi va ushbu gol jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Ushbu o‘yindan so‘ng «Manchester Siti» 67 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Arsenal» esa 70 ochko bilan hamon peshqadamlikni saqlab turibdi. Ta’kidlash joizki, «shaharliklar» hisobida yana bitta zaxira o‘yini mavjud.
Navbatdagi turda, 22 aprel kuni «Manchester Siti» safarda «Byornli» mehmoni bo‘ladi, «to‘pchilar» esa 25 aprel kuni o‘z maydonlarida «Nyukasl»ni qabul qilishadi.