locale OZ

APL. «Man Siti» oʻz uyida ochko yoʻqotdi, Husanov zaxiradan oʻyinga qoʻshildi

«Shaharliklar» «Etihad»da kambek qurboni boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Man Siti» oʻz uyida ochko yoʻqotdi, Husanov zaxiradan oʻyinga qoʻshildi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining l 29-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» va «Nottingem Forest» jamoalari o‘rtasidagi bahs boʻlib oʻtdi. «Etihad» stadionida o‘tgan uchrashuvda 2:2 hisobidagi durang qayd etildi.

31-daqiqada «shaharliklar» yarimhimoyachisi Antuan Semenyu hisobni ochdi. Mehmonlar 56-daqiqada Morgan Gibbs-Uaytning goli evaziga muvozanatni tiklashdi. Oradan olti daqiqa o‘tib, Rodri mezbonlarni yana oldinga olib chiqdi. Biroq 76-daqiqada Elliot Anderson «Nottingem»ning ikkinchi javob golini urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Ushbu durangdan so‘ng «Manchester Siti» 29 o‘yindan keyin 60 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. 28 ochko jamg‘argan «Nottingem Forest» esa 17-pog‘onadan joy olgan.

APL. 29-tur

«Man Siti» — «Nottingem Forest» 2:2

Gollar: Semenyu (31), Rodri (62) — Gibbs-Uayt (56), Anderson (76).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting