APL. «Man Siti» oʻz maydonida «Fulhem»ni yirik hisobda magʻlub etdi, Husanov yarim soat oʻynadi
Angliya Premyer-ligasining 26-turi doirasida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Fulhem»ni qabul qildi. Yakunda «shaharliklar» 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Mezbonlar o‘yin taqdirini birinchi bo‘limning o‘zidayoq hal qilib qo‘yishdi. Uchrashuvning 24-daqiqasida Antuan Semenyo hisobni ochgan bo‘lsa, oradan olti daqiqa o‘tib Niko O'Rayli jamoasining ikkinchi golini urdi. 39-daqiqada esa Erling Holand raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Siti» 53 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Fulhem» esa 34 ochko bilan 12-pog‘onani band etgan. Navbatdagi turda, 21 fevral kuni «shaharliklar» «Nyukasl»ni qabul qiladi, «Fulhem» esa 22 fevral kuni safarda «Sanderlend» bilan kuch sinashadi.
APL. 26-tur
«Man Siti» — «Fulhem» 3:0
Gollar: Semenyo (24), O'Rayli (30), Holand (39).