APL. Londondagi markaziy o‘yinda durang qayd etildi, Husonov 45 daqiqa o‘ynadi
Abduqodir birinchi bo‘limda jarohat olib, o‘yinni davom ettirayotgan edi.
ФОТО: Getty images
APLning 5-turi doirasidagi "Arsenal" – "Manchester Siti" bahsi yakunlandi.
Londonda kechgan bellashuvda 1:1 qayd etildi.
Dastlab 9-daqiqada Erling Holand hisobni ochdi. 90+3-daqiqada Gabriel Martinelli muvozanatni tikladi.
Ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husonov ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiraga olindi.
Futbolchi birinchi bo‘limda biroz jarohat olgan edi. Ispaniyalik mutaxassis Husonovning sog‘ligini o‘ylab, uni almashtirgan bo‘lishi mumkin.
APL. 5-tur
Arsenal – Manchester Siti 1:1
Gollar: Erling Holand (9, 0:1), Gabriel Martinelli (90+3, 1:1)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist