APL. «Liverpul» Van Deykning 90+10-daqiqada urgan goli evaziga derbida «Everton»ni magʻlub etdi
Angliya Premyer-ligasining 33-turi doirasida «Everton» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Liverpuldagi «Xill Dikinson» stadionida bo‘lib o‘tgan mersisayd derbisida mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘yinning 29-daqiqasida Muhammad Saloh mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 54-daqiqada esa Betu «Everton»ning javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi. «Liverpul»ga g‘alaba keltirgan golni uchrashuvga qo‘shib berilgan 90+10-daqiqada Virjil van Deyk kiritdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Liverpul» 55 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Everton» esa 47 ochko bilan 10-pog‘onadan joy olgan.
Navbatdagi turda, 25 aprel kuni «irischilar» safarda «Vest Hem» mehmoni bo‘lishadi, «qizillar» esa shu kuni o‘z maydonlarida «Kristal Pelas»ni qabul qiladilar.