APL. «Liverpul» va «Chelsi» bahsida kuchlar teng keldi
Angliya Premyer-ligasining 36-turi doirasida markaziy uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi. “Liverpul” o‘z maydonida Londoniing “Chelsi” klubini qabul qildi va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq mezbonlar yarim himoyachisi Rayan Gravenberx hisobni ochdi. “Chelsi” esa bunga 35-daqiqada Entso Fernandesning goli bilan javob qaytardi.
Ushbu durangdan so‘ng “Liverpul” ochkolari sonini 59 taga yetkazib, chempionat yakunlanishiga ikki tur qolganida to‘rtinchi o‘rinni band etib turibdi. “Chelsi” esa 49 ochko bilan 9-pog‘onada bormoqda.
“Liverpul” navbatdagi uchrashuvini 15 may kuni safarda “Aston Villa”ga qarshi o‘tkazsa, “Chelsi” 16 may kuni “Manchester Siti”ni qabul qiladi.
APL. 36-tur
“Liverpul” — “Chelsi” — 1:1
Gollar: Rayan Gravenberx 6 (1:0), Entso Fernandes 35 (1:1).