locale OZ

APL. «Liverpul» «Tottenhem»dan 90-daqiqada gol o'tkazib, g'alabani qo'ldan boy berdi

APLning markaziy bahsida durang qayd etildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Liverpul» «Tottenhem»dan 90-daqiqada gol o'tkazib, g'alabani qo'ldan boy berdi
ФОТО: Getty images

Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 30-turidan o‘rin olgan “Liverpul” va “Tottenhem Xotspur” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga yetdi. Hakamning final hushtagi yangraganida hisob 1:1 ko‘rinishini oldi. Uchrashuv Liverpuldagi afsonaviy “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tdi. Bahsni bosh hakam sifatida Kris Kavana boshqarib bordi.

O‘yinning 18-daqiqasida Dominik Soboslay hisobni ochib, mersisaydliklarni oldinga olib chiqdi. Risharlison esa 90-daqiqada javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu o‘yindan so‘ng “Liverpul” 49 ochko bilan Angliya yuqori divizioni turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. “Tottenhem Xotspur” esa 30 ochko bilan 16-pog‘onani egallab turibdi.

APL. 30-tur
Liverpul — Tottenhem 1:1
Gollar: Soboslay (18) — Risharlison (90).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting