APL. «Liverpul» safarda «Sanderlend»ni qiyinchilik bilan magʻlub etdi
Angliya Premyer-ligasining 26-turi doirasida «Sanderlend» o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qildi. Ushbu bahsda mersisaydliklar 1:0 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘yin ancha keskin va teng kurashlar ostida o‘tdi. Uchrashuvdagi yagona va g‘alaba golini 61-daqiqada «Liverpul» himoyachisi Virdjil van Deyk kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan vaqt davomida mezbonlarning muvozanatni tiklashga urinishlari samara bermadi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Liverpul» 42 ochko bilan turnir jadvalining oltinchi pog‘onasidan joy oldi. «Sanderlend» esa 36 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi.
Jamoalarni navbatdagi turda muhim bahslar kutmoqda: 22 fevral kuni «qora mushuklar» o‘z maydonida «Fulhem»ni qabul qilsa, «qizillar» shu kuni safarda «Nottingem Forest» mehmoni bo‘lishadi.
APL. 26-tur
«Sanderlend» — «Liverpul» 0:1
Gol: Van Deyk (61).