locale OZ

APL. «Liverpul» oʻz maydonida «Tottenhem» bilan durang oʻynadi

Risharlison soʻnggi daqiqalarda londonliklarni magʻlubiyatdan qutqarib qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Liverpul» oʻz maydonida «Tottenhem» bilan durang oʻynadi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 30-turidan o‘rin olgan «Liverpul» va «Tottenhem» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. «Enfild» stadionida o‘tgan bahsda 1:1 hisobi qayd etilib, jamoalar bir ochkodan bo‘lishib olishdi.

O‘yinning 18-daqiqasida Dominik Soboslay hisobni ochib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishi arafasida, ya’ni 90-daqiqada Risharlison raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Tottenhem»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ushbu durang natijadan so‘ng «Liverpul» 49 ochko bilan turnir jadvalining beshinchi pog‘onasini egallab turibdi. «Tottenhem» esa 30 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.

Navbatdagi tur doirasida «Liverpul» 21 mart kuni safarda «Brayton» jamoasi bilan kuch sinashadi. «Tottenhem» esa 22 mart kuni o‘z maydonida «Nottingem Forest» klubini qabul qiladi.

APL. 30-tur

«Liverpul» — «Tottenhem» 1:1

Gollar: Soboslay (18) — Risharlison (90).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting