locale OZ

APL. «Liverpul» oʻz maydonida «Fulhem»ni ishonchli hisobda magʻlub etdi

Hozirda mersisaydliklar turnir jadvalida beshinchi oʻrinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Liverpul» oʻz maydonida «Fulhem»ni ishonchli hisobda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 32-turi doirasida «Liverpul» hamda «Fulhem» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. «Enfild» stadionida kechgan bahsda mersisaydliklar 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida Rio Ngumoa hisobni ochib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 40-daqiqada esa Muhammad Saloh «Liverpul»ning ustunligini mustahkamlovchi ikkinchi golga mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Liverpul» 52 ochko jamlagan holda Angliya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. «Fulhem» esa 44 ochko bilan 11-pog‘onadan joy olgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting