locale OZ

APL. «Liverpul» derbida «Everton»dan ustun keldi

Slot shogirdlari turnir jadvalida yetakchilikni davom ettirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Liverpul» derbida «Everton»dan ustun keldi
ФОТО: Getty images

Angliya chempionatida 5-tur uchrashuvlari boshlandi.

“Liverpul” o‘z maydonida “Everton”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Ryan Gravenberch hisobni ochdi. 29-daqiqada Hugo Ekitike Gravenberchning uzatmasidan so‘ng Arne Slot jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. 58-daqiqada esa mehmonlar Idrissa Gueyenning goli evaziga farqni qisqartirishdi.

Shu tariqa, “Liverpul” mavsum boshidagi beshinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va APLda yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Angliya chempionati, 5-tur
Liverpul - Everton - 2:1
Gollar: Gravenberch, 10 (1:0). Ekitike, 29 (2:0). Gueye, 58 (2:1)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting