APL. «Liverpul» «Bornmut»ni katta qiyinchilik bilan mag‘lub etdi
Angliya Premer-ligasining 2025/26 yilgi mavsumiga start berildi.
1-turning ilk uchrashuvi “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tdi. “Liverpul” o‘z uyida “Bornmut”ni qabul qildi.
Dastlab 37-daqiqada Ekitike “mersisaydliklar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 49-daqiqasida Gakpo oradagi farqni 2 taga oshirdi. 64-daqiqada Semenyo o‘yindagi hisobni qisqartirdi, 2:1.
Asosiy vaqt yakunlanishiga 14 daqiqa qolganida Semenyo Alisson darvozasini yana bir bor ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi. 88-daqiqada “mersisaydliklar” sotib yubormoqchi bo‘lgan Kyeza hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 4 daqiqada Salah o‘yindagi so‘nggi nuqtani qo‘ydi, 4:2.
APL. 1-tur.
“Liverpul” 4:2 “Bornmut”
Gollar: Ekitike (37), Gakpo (49), Semenyo (64,76), Kyeza (88), Salah (90+4).