locale OZ

APL. «Liverpul» 90+10-daqiqada gol urib, «Nyukasl»ni mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Liverpul» 90+10-daqiqada gol urib, «Nyukasl»ni mag'lub etdi
Фото: Getty Images

"Liverpul" Angliya chempionati-2025/26 2-turidan o‘rin olgan "Nyukasl"ga qarshi bahsda safarda g‘alaba qozondi – 3:2.

Dastlab, 35-daqiqada "qizillar" yarim himoyachisi Ryan Gravenberch hisobni ochdi. 46-daqiqada Yugo Ekitike mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Har ikkala epizodda ham Kodi Gakpo golli uzatma muallifi bo‘ldi. 57-daqiqada Bruno Gimaraesh "oq-qoralar"ning birinchi golini urgan bo‘lsa, asosiy vaqt yakunlanishiga ikki daqiqa qolganda Uilyam Osula hisobni tenglashtirdi. 90+10-daqiqada Rio Ngumoha Muhammad Salohning uzatmasidan so‘ng "Liverpul"ni yana oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa, "Liverpul" mavsum startida 6 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

APL. 2-tur
“Nyukasl” 2:3 “Liverpul”
Gollar: Gimaraesh 57, Osula 88 — Gravenberch 35, Ekitike 46, Ngumoha 90+10.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting