locale OZ

APL. «Kristal Pelas» «Brayton»ni kichik hisobda mag‘lub etdi

Sarr yagona gol muallifi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Kristal Pelas» «Brayton»ni kichik hisobda mag‘lub etdi
ФОТО: Getty images

Angliya Premer-ligasining 25-turi doirasida “Brayton” klubi “Kristal Pelas”ni qabul qildi.

Bahs 1:0 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Uchrashuvdagi yagona gol 61-daqiqada Ismaila Sarr tomonidan kiritildi.

Mazkur natijadan so‘ng “Brayton” 31 ochko bilan APL turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. “Kristal Pelas” esa 32 ochko jamg‘argan holda 13-pog‘onaga ko‘tarildi.

Keyingi turda “Brayton” 11 fevral kuni safarda “Aston Villa”ga qarshi maydonga tushadi. "Kristal Pelas" esa o‘sha kuni o‘z maydonida "Byornli"ni qabul qiladi.

APL. 25-tur
Brayton – Kristal Pelas 0:1
Gol: Sarr 61

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting