locale OZ

APL klublari transfer uchun rekord darajada mablag' sarfladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL klublari transfer uchun rekord darajada mablag' sarfladi
ФОТО: Getty images

Angliya Premyer-Ligasi yozgi transfer oynasi vaqtida yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, APL klublari 16 iyundan 1 sentyabrgacha bo‘lgan davrda transferlarga jami 3,57 milliard yevro sarflagan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1,3 milliard yevroga ko‘p.

Shvetsiyalik hujumchi Aleksander Isak yozning eng qimmat transferiga aylandi. Futbolchi "Nyukasl"dan "Liverpul"ga naq 144 million yevroga o‘tdi.

Shuningdek, mersisaydliklar "Bayer"dan Florian Virtzni ham katta summa evaziga sotib oldi. Qolaversa, Angliya Premyer-Ligasining boshqa jamoalari — "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Arsenal" kabi klublar ham transferlar uchun katta mablag‘ sarfladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting