locale OZ

APL klublari maosh chegarasiga qarshi ovoz berishdi

Yangi tartibga koʻra, klublarning umumiy xarajatlari keyingi mavsumdan boshlab jamoa daromadining 85 foizi bilan cheklanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL klublari maosh chegarasiga qarshi ovoz berishdi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasi klublari liga doirasida maoshlar uchun «potolok» joriy etish taklifiga qarshi ovoz berdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Shu bilan birga, eng kam zarur ovoz bilan tarkib xarajatlari koeffitsienti — SCR (Squad Cost Ratio) tizimini joriy etish ma’qullandi.

Manbaga ko‘ra, maoshlar bo‘yicha cheklov kiritish masalasida o‘tgan ovoz berishda yetti klub «ha», 12 klub «yo‘q» deb ovoz bergan, yana bir ishtirokchi esa betaraf qolgan.

SCR bo‘yicha ovoz berishda esa 14 klub «ha» deb ovoz berdi — bu yangi qoida qabul qilinishi uchun zarur bo‘lgan minimal chegaradir. APLning olti klubi bu qarorga qarshi chiqdi.

Qabul qilingan tartibga ko‘ra, klublarning umumiy tarkib xarajatlari (futbolchilar va murabbiylar shtabi maoshlari, shuningdek transfer to‘lovlari va agentlar komissionlari) 2026/2027 yilgi mavsumdan boshlab klub daromadining 85 foizi bilan cheklanadi. Yevrokuboklarda qatnashadigan klublar uchun esa bu ko‘rsatkich UEFA talablariga binoan baribir 70 foiz etib belgilanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting