APL klublari Šeško uchun kurashmoqda
Photo: Getty Images
“Leyptsig” hujumchisi Benjamin Šeško yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqida TBR Football xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, sloveniyalik 21 yoshli futbolchiga “Arsenal”, “Nyukasl”, “Chelsi”, “Liverpul” va “MYU” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Davoqarlar orasida “Arsenal” ayniqsa faol qiziqish ko‘rsatmoqda. “To‘pchilar” allaqachon hujumchi borasida muzokara o‘tkazgan.
Joriy mavsumda Šeško 43 o‘yinda 21 gol va 6 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist