locale OZ

APL klublari Davidni ijaraga olmoqchi

David yozda “Lill”dan “Yuventus” safiga qo‘shilgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL klublari Davidni ijaraga olmoqchi
ФОТО: Getty images

“Yuventus” hujumchisi Jonatan David faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkinligi haqida TuttoMercatoWeb xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” va “Tottenxem” jamoalari kanadalik 25 yoshli hujumchini qishki transfer oynasida olib kelish imkoniyatini o‘rganmoqda.

David “zebrlar” safida o‘z darajasida o‘ynay olmayapti.

Eslatib o‘tamiz, David yozda “Lill”dan “Yuventus” safiga qo‘shilgan edi. U joriy mavsumda Italiya chempionatida 10 ta o‘yinda 1 gol urib, 1 golli uzatma berdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting